Yordam markazi
To‘lovni qanday amalga oshiraman?
Ikki usul mavjud: yetkazib berilganda naqd pul bilan, yoki buyurtma paytida ko‘rsatiladigan karta raqamiga o‘tkazma qilib, chekni yuklab qo‘yasiz.
Yetkazib berish qaysi hududlarda ishlaydi?
Hozircha faqat Toshkent shahri bo‘ylab yetkazamiz.
Buyurtmamni qanday kuzataman?
"Buyurtmani kuzatish" sahifasida telefon raqamingiz va buyurtma raqamini kiriting — joriy holat darhol ko‘rinadi. Tizimga kirgan bo‘lsangiz, profilingizdagi "Buyurtmalarim" bo‘limida ham ko‘rasiz.
Mahsulotni qaytarish yoki almashtirish mumkinmi?
Ha, yetkazib berilgan kundan 7 kun ichida sotuvchi bilan bog‘lanib qaytarishingiz mumkin — batafsili "Qaytarish" sahifasida.